O‘zbekistondan Xitoyga gaz eksporti kamaydi
Xitoy tomoniga ko‘ra, mamlakat 2023 yilning 7 oyi davomida O‘zbekistondan salkam 295 mln dollarlik gaz import qilgan. Bu – o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 42 foizga kam.
Joriy yilning dastlabki 7 oyi davomida O‘zbekistondan Xitoyga umumiy qiymati 295,3 mln dollarlik tabiiy gaz eksport qilingan. Bu haqda Xitoy bojxona bosh boshqarmasi ma’lumotlarida keltirilgan.
2023 yilning yanvar-iyul oylarida Xitoyga gaz eksport qilish ko‘rsatkichlari:
- Aprel – 40,47 mln dollar;
- May – 78,16 mln dollar;
- Iyun –85,27 mln dollar;
- Iyul – 91,39 mln dollar.
O‘tgan yilning mos davrida Xitoyga eksport hajmi umumiy hisobda 505,87 mln dollarni tashkil qilgan. Bu joriy yildagi ko‘rsatkichlardan 41,6 foizga ko‘p. Qisqarish yanvar-mart oylarida O‘zbekiston gaz eksportini amalga oshirmagani bilan bog‘liq.
Xitoyga gaz qanday narxlarda import qilinishi haqidagi ma’lumotlarni har ikkala tomon ham ochiqlamagan.
Ma’lumot uchun, joriy yilning dastlabki 6 oyi davomida gaz qazib olish hajmi 23,56 mlrd kub metrni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,51 mlrd kub metr (2022 yilning yanvar-iyun oylarida 26,07 mlrd kub metr bo‘lgan) yoki 9,6 foizga qisqargan.
Mavzuga oid
09:40 / 22.11.2024
Oktyabrda O‘zbekiston 833 mln dollarlik oltin sotdi
21:00 / 21.11.2024
AQSh–Xitoy ziddiyati va Tayvan omili: Trampdan nima kutish mumkin?
19:13 / 21.11.2024
Xitoyda 83 mlrd dollarlik oltin zaxirasi topildi
21:37 / 20.11.2024