O‘zbekiston | 08:22 / 25.08.2023
7286
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda Turkmanistonning yangi elchisi ish boshladi

Turkmanistonning yangi elchisi Shodurdi Meredov O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi.

Foto: t.me/bakhtiyor_saidov

24 avgust kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Turkmanistonning yangi elchisi Shodurdi Meredovdan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi.

«So‘nggi yillarda aloqalarimiz misli ko‘rilmagan darajada kengayganiga guvoh bo‘ldik. Erishilgan yutuqlar talaygina, yanada ko‘prog‘i esa hali oldinda. Janob elchiga mamlakatimizdagi faoliyati mobaynida muvaffaqiyatlar tilaymiz», deb yozdi vazir.

Turkmaniston prezidentining 31 iyuldagi farmoni bilan Shodurdi Meredov Toshkentdagi elchi etib tayinlangandi. Bungacha u Turkmanistonning Qirg‘izistondagi elchisi bo‘lib ishlagan.

Turkmanistonning O‘zbekistondagi avvalgi elchisi Yazguli Mammedov iyul oyi o‘rtalarida O‘zbekistondagi besh yillik missiyasini yakunladi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid