Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentning ayrim ko‘chalarida transport vositalari harakati 3 kunga cheklanadi
Xalqaro ommaviy yugurish musobaqasi tufayli ko‘chalarda cheklov o‘rnatiladi.
3 sentabr kuni Mustaqillik bayramiga bag‘ishlangan «Yangi nafas» xalqaro ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkaziladi. Shu sababli, poytaxtdagi ayrim ko‘chalarda avtotransport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi.
Jumladan:
31 avgust kuni soat 10:00 dan 3 sentabr kuni soat 10:00 gacha:
— Afrosiyob ko‘chasi I. Karimov shohko‘chasi bilan kesishmasidan Beshyog‘och ko‘chasi bilan kesishmasigacha.
3 sentabr kuni soat 5:00 dan 9:00 gacha:
— Afrosiyob ko‘chasi I. Karimov shohko‘chasi bilan kesishmasidan Abdulla Qodiriy, Oybek va Nukus ko‘chalari bo‘ylab, Rim-Katolik cherkovigacha.

Toshkent shahri hokimligi haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya etmoqda.
Mavzuga oid
16:55 / 09.06.2026
Biznes-ombudsman Toshkentdagi reklamalarni buzishda qonuniy yo‘l tutishga chaqirdi
10:25 / 09.06.2026
Toshkentda eng ko‘p aholi savdo sohasida band
11:40 / 08.06.2026
Toshkent va Xorazmda yirik giyohvandlik savdosiga chek qo‘yildi
09:10 / 07.06.2026