Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning AQShga eksporti yarmidan ko‘pi IT xizmatlariga to‘g‘ri keladi
IT sohasidagi tovar va xizmatlar eksporti 79 mln dollarga yetgan.
2022 yilda AQShga tovarlar va xizmatlar eksporti 124,5 mln dollarni tashkil qilgan bo‘lsa, shundan 79 mln dollarlik xizmat IT sohasiga to‘g‘ri keladi. Bu jami tovarlar va xizmatlarning 63 foiziga teng. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, IT xizmatlarining AQShga eksporti bundan ham ko‘p.
«Aslida IT xizmatlarini AQShga eksporti undan ham ko‘p, chunki rasmiy statistika orqali o‘tmasdan masofaviy xizmatlar eksporti bilan shug‘ullanayotganlar soni anchagina, shu jumladan frilanserlar ham», deb yozdi vazir.
«EPAM kabi katta autsorsing kompaniyalaridan tashqari, AQShdagi vatandoshlarimiz ham IT parkda yaratilgan imkoniyatlardan foydalanib, qo‘shimcha daromad topishi mumkin. Shuning uchun AQShda yuzdan ortiq vatandoshlar ishtirokidagi ochiq muloqotda rasman ishlayotgan muvaffaqiyatli eksportyorlarimiz o‘z tajribalari bilan bo‘lishdilar», deb qo‘shimcha qildi u.
Mavzuga oid
08:29 / 01.06.2026
O‘zbekiston Suriyaga mahsulot eksport qilishni boshlamoqchi
18:07 / 30.05.2026
O‘zbekistondan Suriyaga mahsulotlar eksporti boshlanadi
20:49 / 29.05.2026
Rossiya O‘zbekistonning 10 ta korxonasiga sabzavot va mevalarni olib kirishni taqiqladi
16:36 / 29.05.2026