O‘zbekiston | 10:02 / 28.08.2023
22641
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda qatorasiga uchinchi kun zilzila kuzatildi

Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi. O‘zbekiston hududida yer silkinishi kuchi 2-3 ballni tashkil etgan.

Foto: Getty Images

FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabariga ko‘ra, bugun, 28 avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 09:35 da Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi. 

Zilzila koordinatalari: 36,47 gradus shimoliy kenglik; 70,15 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=5,4. Chuqurlik 200 km. Zilzila episentri Toshkentdan 539 km janubi-sharqda.

O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:

  • Surxondaryo viloyatida 3 ball, 269 km;
  • Samarqand viloyatida 2-3 ball, 451 km;
  • Jizzax viloyatida 2-3 ball, 454 km;
  • Farg‘ona viloyatida 2-3 ball, 457 km;
  • Sirdaryo viloyatida 2-3 ball, 463 km;
  • Qashqadaryo viloyatida 2-3 ball, 466 km;
  • Andijon viloyatida 2 ball, 516 km;
  • Namangan viloyatida 2 ball, 521 km;
  • Toshkent shahrida 2 ball, 539 km.

Bu O‘zbekiston hududida qatorasiga uchinchi kun kichik zilzilalar kuzatilishi bo‘ldi. 26 avgust kuni tongda Jizzax viloyatida 3,6 magnitudali zilzila qayd etilgandi. 27 avgust kuni Andijon viloyatida ham 3 balli zilzila qayd etildi. 

Mavzuga oid