FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga ko‘ra, 26 avgust kuni ertalab soat 6:55 da zilzila sodir bo‘ldi.

Yer silkinishi episentri Toshkentdan 133 km janubiy-g‘arbda, Jizzax viloyati, Yangiobod tumanida 10 km chuqurlikda bo‘lgan.

Zilzila magnitudasi 3,6 ballni tashkil qildi.

Jabrlanganlar yoki qurbonlar, yetkazilgan zarar haqida ma’lumot berilmadi.