O‘zbekiston | 19:16 / 28.08.2023
31811
2 daqiqa o‘qiladi

Doniyor Toshxo‘jayev Toshkent shahar IIBBga qaytdi

U 2022 yil fevralida Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘i lavozimidan ketganidan keyin Toshkent viloyati IIBda ishlayotgandi.

Foto: Kun.uz

Polkovnik Doniyor Toshxo‘jayev Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. Mazkur tayinlovni Kun.uz’ning vazirlikdagi manbalari tasdiqladi.

Doniyor Toshxo‘jayev muqaddam, 2019 yil yanvariga qadar Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari — Tergov boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan, 2019 yil yanvar oyidan iyun oyigacha Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari — Kadrlar boshqarmasi boshlig‘i sifatida ishlagan, 2019 yil iyun oyidan IIV huzuridagi Tergov departamenti boshlig‘i sifatida faoliyat ko‘rsatgan.

U 2020 yil yanvar oyida Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘i etib tayinlangan va bu lavozimda 2022 yil fevraligacha ishlagan.

Doniyor Toshxo‘jayev Farg‘ona viloyat IIB boshlig‘i lavozimida ishlagan vaqtida hududdagi o‘zgarishlarni prezident Shavkat Mirziyoyev ham e’tirof etgandi. Keyinroq viloyatda sodir ayrim voqealar Toshxo‘jayevning karerasiga ta’sir qildi va 2022 yil 12 fevral kuni u ishdan olindi. IIV ushbu iste’foni Farg‘onada so‘nggi yillarda jinoyatchilik keskin oshgani, jinoyat muhokamalari va profilaktik tadbirlar o‘z vaqtida o‘tkazilmagani, hamkor tashkilotlar bilan hamjihatlik to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmagani salbiy oqibatlar keltirib chiqargani bilan izohlagandi.

Doniyor Toshxo‘jayev 2022 yil fevral oyidan hozirgacha Toshkent viloyati IIB tergov boshqarmasida mas’ul lavozimda ishlab kelayotgandi.

Mavzuga oid