O‘zbekistonning eng baland nuqtasi joylashgan yer - Hisor qo‘riqxonasi | Manzil
Dengiz sathidan 3 ming metr balandlikda joylashgan Amir Temur g‘ori «Manzil» loyihasining navbatdagi manzili bo‘ldi.
Amir Temur g‘ori Hisor davlat qo‘riqxonasi hududida joylashgan. Bu qo‘riqxona hududida O‘zbekistonning eng yuqori nuqtasi Hazrati Sulton cho‘qqisi joylashgan. Uning dengiz sathidan balandligi 4387 metr. Qo‘riqxona maydoni 80986 gektarni tashkil etadi. Qo‘riqxona hududidagi daryolarning asosiy suv manbai katta hududni egallagan muzliklar bo‘lib, elarning maydoni esa 3155 gektar.
Bu hududning hayvonot dunyosi ham o‘ziga xos. Umurtqali hayvonlarning 276 turi mavjud. Sut emizuvchilarning esa 32 turi yashaydi. Ular orasida Ilvirs qor qoploni, Qo‘ng‘ir ayiq, Turkiston silovsini, O‘rta Osiyo qunduzi,Jayra, Sibir tog‘ echkisi, bo‘ri, tulki va ko‘plab hayvonlarni uchratish mumkin.
Amerikadagi Grand kanyonlar ko‘pchilikka yaxshi tanish. Kanyonlarning landshaft, tabiat va atmosfera Amir Temur g‘ori joylashgan Qal’ali Sheron, ya’ni sherlar darasida takrorlanadi. Ming marta gapirgandan bir marta ko‘rgan afzal degandek, ko‘rsatuvni tomosha qilib bunga amin bo‘lish mumkin.

Ushbu ko‘rsatuv O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi bilan hamkorlikda tayyorlandi.
Tohirjon Tursunov,
Kun.uz'ning “Manzil” loyihasi uchun maxsus
Tavsiya etamiz
Qaysi toifadagi talabalardan o‘qishni tugatguncha granti olib qo‘yilmaydi?
O‘zbekiston | 11:26 / 07.06.2025
Milliy jamoa a’zolariga BYD avtomobillari topshiriladi
Sport | 16:14 / 06.06.2025
Tramp va Mask ochiqchasiga urishib ketdi
Jahon | 12:05 / 06.06.2025
Yangi Toshkent qanaqa bo‘ladi? Bosh arxitektor va mas’ul shaharsoz bilan suhbat
O‘zbekiston | 17:07 / 05.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shveytsariyadagi qishloqqa ko‘chib kelgan sayyohlarga 24 ming dollardan pul to‘lanadi
Jahon | 01:36
-
Xitoyda global pandemiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan yangi koronavirus aniqlandi
Jahon | 00:30
-
Fransiyaning Renault kompaniyasi Ukraina uchun dronlar ishlab chiqaradi
Jahon | 00:05
-
Yaponiya ilk bor 1000 kilometrdan ortiq masofaga uchadigan raketalarini namoyish etdi
Jahon | 23:50 / 08.06.2025
Mavzuga oid

10:00 / 07.05.2025
“Telefonda gaplashish uchun shu cho‘qqiga chiqardik” - qishloqlarda aloqa, internet qanday?

14:38 / 01.04.2025
Osiyodagi eng chuqur g‘or joylashgan qishloq – Dehibolo | Manzil

16:11 / 12.01.2025
Vodiy Shveytsariyasi – Shohimardonga sayohat | “Manzil”

16:34 / 18.11.2024