“Manzil” jamoasi bu safar ham odatdagidek Özbekistonning eng çekka va olis hududlariga safar qildi. Bu galgi manzillarimiz uyali aloqa va internet tarmoqlari yetib borgan, lekin bir paytlar dunyodan “uzilib qolgan” qişloqlar böldi. Sayohatimizda aloqa sohasida işlaydigan mutaxassislar hamroh bölişdi.

Navoiy viloyati, Xatirçi tumani, Angidon qişloği

Uç yil muqaddam Angidon qişloğiga ilk bor borib, gözal tabiati haqida körsatuv tayyorlagan edik. Öşanda bu qişloqda uyali aloqa umuman işlamasdi. Mahalliy aholi yaqinlari bilan boğlaniş uçun pastroq toğ çöqqilarga çiqişga majbur edi. Abdurazzoq Imomov öşa kunlarni eslab, keçasi çöqqiga çiqib qiyinçilik bilan qönğiroq qilganini eslaydi.

Bugun esa Angidonga internet va aloqa kelgan. Bu jarayonda öz mehnati bilan iştirok etgan montyor Nurali Omonov va uning hamkasblari nafaqat Angidon, balki Xatirçining eng olis toğ qişloqlarigaça kabelli internet yetkaziş uçun mehnat qilişmoqda.

Qaşqadaryo viloyati, Maydanak

Maydanak singari baland toğli hududlarda aloqa örnatiş oson emas. Bu yerda uyali aloqa işlaşi va internet orqali fazoni kuzatiş jarayonida olingan ma’lumotlar tez fursatda örganiş uçun Fanlar akademiyasiga yuboriladi. Montyor Husan Aliqulov uşbu hududdagi antennalarni örnatişdagi hissasini faxr bilan yodga oladi. Uning faoliyati natijasida yuzlab odamlar uçun yaqinlari bilan boğlaniş imkoniyati paydo böldi.

Bugungi kunda bu hududlarda internetning borligi tufayli qişloq bolalari, xususan Suxrob kabi yoşlar IT sohasiga qiziqiş bildirmoqda. Ular ta’limni masofaviy tarzda olib, kelajakda ilğor sohalarda işlaşni niyat qilişmoqda.

Surxondaryo viloyati, Öşor qişloği

Öşor – toğlar bağrida joylaşgan yana bir olis hudud. Qişloq aholisi bir paytlar uyali aloqadan qiynalgan, hatto şoşilinç holatlarda bir-birini xabardor qilişning iloji bölmagan. Abduqahhor ota Şaripov ötmişdagi qiyinçiliklarni eslab, uyali aloqa kelganidan keyingi yengilliklarni hayajon bilan sözlab berdi.

Bu hududda faoliyat yuritgan Najmiddin Xöjayorov singari montyorlar esa 40 metrli stansiyalarda işlab, nafaqat texnik vazifani, balki insonlar örtasida köprik vazifasini ham bajarişmoqda. U öz mehnatining eng katta mukofoti deb xalq duosini oliş ekanini ta’kidlaydi.