Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bosh prokuror o‘rinbosari Huquqni muhofaza qilish akademiyasi boshlig‘i bo‘ldi
Huquqni muhofaza qilish akademiyasi rahbariyatida o‘zgarish amalga oshirildi.
“Davlat boshqaruvi” kanali xabariga ko‘ra, bosh prokuror o‘rinbosari Salom Samadovga Huquqni muhofaza qilish akademiyasi boshlig‘i lavozimini vaqtincha bajarish yuklatildi.
Salom Samadov 1963 yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos. 1990 yilda Xarkiv yuridik institutini tamomlagan. 3–darajali davlat adliya maslahatchisi hisoblanadi.
Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 1990 yilda Buxoro viloyati Fayzullo Xo‘jayev tumani prokuraturasida boshlagan. Buxoro va Navoiy viloyatlari prokuraturalari organlarida turli lavozimlarda, 2005 yildan boshlab Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, Xatirchi va Karmana tumanlari prokurori, Buxoro viloyati va Qoraqalpog‘iston prokurori o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston prokurori, O‘zbekiston prezidenti davlat maslahatchisi o‘rinbosari, birinchi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Samadov 2017–2018 yillarda bosh prokuror o‘rinbosari lavozimida ishlagan, 2018 yil oktyabridan 2022 yil avgustiga qadar Toshkent viloyati prokurori bo‘lgan, shundan keyin Qashqadaryo viloyati prokurori lavozimiga o‘tkazilgan. U 2023 yilning fevral oyi oxirlarida bosh prokuror o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Mavzuga oid
21:10 / 04.04.2026
FVV akademiyasi huzurida qutqaruvchilar tayyorlash texnikumi tashkil etiladi
10:23 / 14.03.2026
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi tashkil etiladi
13:22 / 25.08.2025
Odil sudlov akademiyasida malaka oshirishning yangicha uslublari tatbiq etiladi
13:13 / 25.08.2025