Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pokiston O‘zbekiston bilan bojxona ma’lumotlari almashinuvini yo‘lga qo‘yadi
Yil oxirigacha mamlakatlarning yagona darcha tizimlari o‘rtasida shartnomalar tuzish rejalashtirilgan.
Pokiston O‘zbekiston va Tojikiston bilan bojxona ma’lumotlari almashinuvini tashkil etish ustida ishlamoqda.
Spot’ning yozishicha, yangi tizim chegaradan o‘tayotgan tovarlarga oid hujjat aylanishini to‘liq raqamlashtirish imkonini beradi.
Yil oxirigacha O‘zbekiston va Tojikiston bojxona organlari bilan shartnomalar tuzish rejalashtirilgan. Ungacha Xitoy bilan onlayn hujjat almashinuvini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ishlar yakunlanadi.
Xitoyning «yagona darcha» bojxona tizimi bilan integratsiyalashuvi doirasida onlayn rejimda uzatiladigan ma’lumotlar to‘plami kengaytiriladi. Tizimda tovarlar deklaratsiyasi bilan bir qatorda kelib chiqish sertifikatlari, fitosanitariya hujjatlari, transport ma’lumotlari ham mavjud bo‘ladi.
Raqamli tashqi savdo platformasi davlat operatori Pakistan Single Window tizimi 2022 yilda ishga tushirilgan va hozirda deyarli 70 mingta foydalanuvchiga ega.
Mavzuga oid
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
08:49 / 18.06.2026
Pokiston: Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini zudlik bilan ochadi
09:05 / 13.06.2026
Pokiston: AQSh va Eron kelishuv matni bo‘yicha kelishib oldi
17:54 / 10.06.2026