Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda maktab direktori zo‘ravonlikka uchradi, hokim uning holidan xabar oldi
Sariosiyo tumanidagi 28-son maktab direktori Umida Tursunova zo‘ravonlikka uchradi. Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov uni ko‘rgani shifoxonaga bordi va zo‘ravonlik bilan bog‘liq ishni nazoratiga oldi.
Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumanidagi 28-son maktab direktori Umida Tursunova zo‘ravonlikka uchradi.
Viloyat prokuraturasi xabariga ko‘ra, maktabda ishlaydigan o‘qituvchilardan birining eri unga nisbatan kuch ishlatgan. Bunga dars soatlarining kamaytirilgani sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Umida Tursunova turli tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan. Uning ahvoli barqaror ekani ta’kidlanmoqda.
Holat bo‘yicha Sariosiyo tumani IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 109-moddasi (qasddan badanga shikast yetkazish) 2-qismi va 277-moddasi (bezorilik) 3-qismi «g» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Gumon qilinuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan.
Qayd qilinishicha, jinoyat ishining tergovi viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov bemor holidan xabar olish uchun tuman tibbiyot birlashmasi shifoxonasiga borgan. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd qilinishicha, Umida Tursunovaga Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Surxondaryo filiali mutaxassislari tomonidan zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Shu bilan birga, hokim ham uning to‘laqonli davolanishini o‘z nazoratiga olgani aytilmoqda.
Bundan tashqari, Ulug‘bek Qosimov maktab direktoriga nisbatan zo‘ravonlik qilgan shaxsning qonunga muvofiq javobgarlikka tortilishi ta’minlanishini ham o‘z nazoratiga olganini ma’lum qilgan.
Mavzuga oid
20:37 / 03.06.2026
Surxondaryoda tug‘ilgan to‘rt oyoqli chaqaloq murakkab jarrohlik amaliyotidan o‘tdi
14:58 / 12.05.2026
Sudya yordamchisi 53 ming dollar bilan ushlandi
09:15 / 30.04.2026
Buxoro va Surxondaryoda Afg‘onistondan kontrabanda qilingan opiyning katta partiyasi aniqlandi
15:10 / 24.04.2026