Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shols Germaniyada atom energiyasi «o‘lgani» haqida gapirdi
Germaniya kansleri Olaf Shols yopilgan atom elektr stansiyalaridan qayta foydalanish imkoniyati yo‘qligini aytdi.
Germaniya kansleri Olaf Shols koalitsiyadagi hamkasbining atom elektr stansiyalaridan foydalanish imkoniyatini ochiq qoldirish kerakligi haqidagi taklifini rad etib, yadroviy energiya Germaniyada «o‘lik ot» ekanini aytdi.
Associated Press (AR) xabariga ko‘ra, Erkin Demokratlar parlament guruhi eng yomon ssenariylarga tayyorgarlik ko‘rish harakatlarining bir qismi sifatida «hali ham foydalanishga yaroqli bo‘lgan atom elektr stansiyalarini demontaj qilishni to‘xtatish» talab etilgan siyosiy bayonotni ma’qulladi. «Bu har qanday vaziyatda amalga oshirimiz mumkin bo‘lgan yagona yo‘l», deyiladi bayonotda.
Shols bu taklifni rad etdi.
«Atom energetikasi tugadi. Germaniyada atom energetikasi masalasi «o‘lik ot». Kim AES qurmoqchi bo‘lsa, 15 yil kerak bo‘ladi va har biri uchun 15-20 mlrd yevro sarflaydi», dedi u.
2023 yil 16 aprelida Germaniyada ishlayotgan so‘nggi uchta atom elektr stansiyasi elektr tarmog‘idan uzilgani xabar qilingan edi. Qaror 2011 yilda Fukusimadagi Yaponiya yadro reaktoridagi halokatdan keyin qabul qilingan. Ammo ba’zi siyosatchilar Ukrainadagi urush tufayli energiya narxi ko‘tarilganidan keyin bu qarorni qayta ko‘rib chiqishni yoqlamoqda.
Nemislarning deyarli uchdan ikki qismi Germaniyadagi so‘nggi atom elektr stansiyalarining yopilishini qo‘llab-quvvatlamaydi.
2023 yil 16 aprelda Bavariya hududi Germaniya atom elektr stansiyalarini zudlik bilan tarmoqqa qayta ulashni talab qilgan edi.
Mavzuga oid
09:10 / 07.06.2026
AES narxi ochiqlandi, yirik pudrat sxemasi fosh bo‘ldi - hafta dayjesti
16:12 / 05.06.2026
AESda ishlab chiqarilgan 1 kWh elektr narxi 1000 so‘mdan past bo‘ladi - Azim Ahmadxo‘jayev
10:59 / 05.06.2026
O‘zbekistonda quriladigan AES qiymati 9,5 milliard dollardan oshmaydi - "O‘zatom" direktori
08:19 / 05.06.2026