Jahon | 11:10 / 06.09.2023
6554
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniya «Vagner»ni terrorchilik tashkiloti deb e’lon qiladi

Britaniya Ichki ishlar vazirligi rahbarining fikricha, Ukraina va Afrikadagi xususiy harbiy kompaniya faoliyati «global xavfsizlikka tahdid» yaratadi.

Foto: Reuters

Britaniya hukumati «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi (XHK)ni terrorchi tashkilotlar ro‘yxatiga kiritish niyatida. Bu haqda seshanba kuni Britaniya ichki ishlar vaziri Suella Braverman ma’lum qildi, deya xabar beradi BBC korporatsiyasi.

Idora rahbari «Vagner» «shafqatsiz va buzg‘unchi harbiy qurol» ekani, Ukraina va Afrikadagi faoliyati esa «global xavfsizlikka tahdid» keltirib chiqarayotganini ma’lum qilgan.

«Vagner»ning beqarorlashtiruvchi faoliyati faqat siyosiy maqsadlarga xizmat qilishda davom etmoqda. Ular terrorchilar, oddiy va sodda narsa - bu taqiq haqidagi buyruq Britaniya qonunchiligida buni aniq ko‘rsatib turibdi», deya ta’kidlab o‘tdi Braverman.

Britaniya parlamentiga taqdim etiladigan qaror loyihasi XHK aktivlarini terrorchilar mulki sifatida tasniflash va musodara qilish imkonini beradi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid