O‘zbekiston | 10:53 / 06.09.2023
7654
1 daqiqa o‘qiladi

Koreyada o‘zbekistonliklarning 148 ming dollar puli undirib berildi

Koreya Respublikasida O‘zbekiston fuqarolarining 148 ming dollar pullari undirib berildi.

Foto: Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi

2023 yilning avgust oyida 7 nafar o‘zbekistonlik fuqaro Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Koreya Respublikasidagi vakolatxonasiga murojaat qilgan.

Vakolatxona vakillari tomonidan murojaat asosida O‘zbekiston fuqarolarining 40 149 589 koreys voni (30 307 AQSh dollari) oylik ish haqi va sug‘urta mablag‘larini olishda amaliy yordam ko‘rsatilgan.

Joriy yilning o‘tgan davrida vakolatxona tomonidan yuridik tashkilotlar bilan hamkorlikda Koreyada vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan o‘zbekistonliklarning jami 148 032 AQSh dollari miqdoridagi sug‘urta, kompensatsiya hamda oylik ish haqi mablag‘lari undirib berilishiga ko‘maklashilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid