Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston yana bir xalqaro investitsiya jamg‘armasiga a’zo bo‘lmoqda
Jamg‘arma mablag‘lari mintaqalararo savdo, qo‘shma loyihalar, yashil iqtisodiyot, axborot texnologiyalari, transport, logistika va boshqa sohalarni rivojlantirishga qaratiladi.
Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati
Qonunchilik palatasi majlisida “Turkiy investitsiya jamg‘armasini ta’sis etish to‘g‘risidagi Bitimni (Anqara, 2023 yil 16 mart) ratifikatsiya qilish haqida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.
Mazkur qonun loyihasi “O‘zbekistonning xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi qonun 18-moddasiga muvofiq Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, Boku shahrida bo‘lib o‘tgan Turkiy tilli davlatlar hamkorligi kengashi 7-sammitida davlat rahbarlari tomonidan ma’qullangan. Kengashning 2021 yildagi norasmiy sammitida O‘zbekiston prezidenti tomonidan Turkiy investitsiya jamg‘armasini ta’sis etishni jadallashtirish tashabbus qilingan.
Turkiy investitsiya jamg‘armasini ta’sis etish to‘g‘risidagi bitimning asosiy maqsadi – Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar o‘rtasida mintaqaviy savdoni va iqtisodiy faollikni qo‘llab-quvvatlash orqali iqtisodiyotni rivojlantirishdan iborat. Ushbu bitim Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlar o‘rtasida Turkiy investitsiya jamg‘armasini ta’sis etishni hamda uning huquqiy maqomini belgilovchi asosiy hujjat hisoblanadi.
Shu bilan birga, Turkiy investitsiya jamg‘armasi doirasida hamkor davlatlar, jumladan, Ozarboyjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Turkiya bilan investitsiyaviy loyihalarni, xususan, elektrotexnika, yengil sanoat, avtosanoat, charm sanoati, qurilish materiallari sohalarida qo‘shma sanoat kooperatsiyasi kabi loyihalarni birgalikda amalga oshirishga xizmat qiladi.
Jamg‘armaning mablag‘lari mintaqalararo savdo, qo‘shma loyihalar, yashil iqtisodiyot, axborot texnologiyalari, transport, logistika va boshqa sohalarni rivojlantirishga qaratiladi.
Qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.
Mavzuga oid
14:03 / 29.04.2026
Milliy investitsiya jamg‘armasi Toshkent va Londonda IPO boshladi
11:44 / 23.04.2026
Jahon banki Markaziy Osiyo energiya tizimlarini integratsiya qilishga 1 mlrd dollar ajratadi
22:20 / 16.04.2026
Toshkent shahrining 12 ta tumani ma’lum bir sanoat yoki xizmat ko‘rsatish tarmog‘iga ixtisoslashtiriladi
18:37 / 09.04.2026