Jahon | 11:20 / 09.09.2023
6955
2 daqiqa o‘qiladi

Armanistonning Moskvadagi elchisi Rossiya TIVga chaqirildi

Rossiya Yerevanning XJS Rim statutini ratifikatsiya qilish jarayonini boshlashini, bosh vazir rafiqasi Anna Akopyanning Kiyevga tashrifini, Ukrainaga humanitar yordam yetkazishini va AQSh bilan qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazishini «nodo‘stona qadamlar» deb hisobladi. 

Foto: RIA Novosti

8 sentabr, juma kuni Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Armanistonning Moskvadagi elchisi Vagarshak Arutyunyanni chaqirtirdi. Diplomatga Yerevanning «do‘stona bo‘lmagan qadamlari» fonida «qattiq taqdimnoma» berildi, deya ta’kidladi Rossiya tomoni. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Xalqaro jinoiy sudning (XJS) Rim statutini ratifikatsiya qilish jarayoni boshlanishi, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanning rafiqasi Anna Akopyanning Kiyevga safari, Ukraina hukumatiga insonparvarlik yordami uzatilishi, shuningdek, AQSh bilan birgalikda Eagle Partner 2023 harbiy mashg‘ulotlari o‘tkazilishini shunday qadamlar deb hisoblamoqda.

Shu bilan birga, Moskva Rossiya va Armaniston ittifoqchi bo‘lib qolishiga ishonchi komil va ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish, jumladan, Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT) orqali o‘quv mashg‘ulotlarini tayyorlash bo‘yicha kelishuvlar amalga oshiriladi. Xabar e’lon qilingan paytda Yerevan rasmiylari Rossiya Tashqi ishlar vazirligining pozitsiyasiga reaksiya bildirmagan edi. 

Armaniston bosh vaziri mamlakatning KXShTdagi a’zoligi tugatilishini istisno etmadi 

Ayni paytda, yanvar oyida Armaniston 2023 yilda o‘z hududida KXShT mashg‘ulotlarini o‘tkazishdan bosh tortgan edi. Bunday hodisalar mintaqada xavf tug‘dirishi mumkin, deya tushuntirdi Armaniston hukumati rahbari Nikol Pashinyan. Keyinroq u Armanistonning KXShTdagi a’zoligi tugatilishini istisno etmadi, shuningdek, Rossiya tinchlikparvar kuchlarini Tog‘li Qorabog‘ aholisi xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha o‘z missiyasini bajarmagani uchun qoraladi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid