O‘zbekiston | 08:27 / 11.09.2023
5065
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh O‘zbekistonni Global sog‘liqni saqlash xavfsizligi dasturiga kiritadi

O‘zbekiston AQSh Global sog‘liqni saqlash xavfsizligi dasturining 50 ta hamkor davlatidan biriga aylanadi. 

Foto: AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi

O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida sog‘liqni saqlash sohasidagi ikkita muhim hujjat imzolandi. Bu - Toshkentda o‘tgan birinchi O‘zbekiston-AQSh sog‘liqni saqlash haftaligi doirasida ro‘y berdi.

Sog‘liqni saqlash vaziri Amrullo Inoyatov va AQSh elchisi Jonatan Xenik imzolagan kelishuvga ko‘ra, O‘zbekiston AQSh Global sog‘liqni saqlash xavfsizligi dasturining 50 ta hamkor-mamlakatidan biriga aylanadi.

Ushbu dastur bo‘shliqlarni to‘ldirish va sog‘liq xavfsizligi tahdidlarining oldini olish, aniqlash va ularga javob berish uchun mamlakatlarning sog‘liqni saqlash xavfsizligi imkoniyatlarini kuchaytirishga qaratilgan.

Sog‘liqni saqlash vaziri Amrullo Inoyatov va USAID’ning O‘zbekistondagi missiyasi direktori Devid Xoffman O‘zbekistonda silga qarshi xavfsiz va sifatli va boshqa dori vositalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida USAID va Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi.

Hujjat odamlar ishonch bilan foydalanishi mumkin bo‘lgan va O‘zbekistonning o‘zida tobora ko‘proq ishlab chiqariladigan xavfsiz va sifatli dori vositalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytiradi, dedi USAID missiyasi rahbari.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid