O‘zbekiston | 07:38 / 11.09.2023
9764
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri AQShga tashrif buyurdi

Tashrif doirasida axborot-kommunikatsiya sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan O‘zbekiston-Amerika IT-assotsiatsiyasi TechBridge loyihasiga start berildi.

Foto: TIV

3-7 sentabr kunlari O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi delegatsiya tashrif bilan AQShda bo‘ldi.

TIV axborotiga ko‘ra, O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri AQSh prezidentining maxsus yordamchisi Nikolas Berliner, Nyu-York meri Erik Adams, AQSh Senatining Ichki xavfsizlik va hukumat ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisi Gari Piters, Jahon banki vitse-prezidenti Antonella Bassani hamda AQShning bir qator yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazdi.

Muzokaralar chog‘ida turli yo‘nalishlarda ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni faollashtirishga alohida e’tibor qaratildi.

Tashrif doirasida axborot-kommunikatsiya sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan O‘zbekiston-Amerika IT-assotsiatsiyasi TechBridge loyihasiga start berildi.

O‘zbekiston delegatsiyasi AQSh Kongressi kutubxonasi binosida davlat mustaqilligining 32 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda ham ishtirok etdi.

Mavzuga oid