O‘zbekiston | 08:10 / 12.09.2023
4591
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda Nikaragua orqali AQShga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi

U 14 000 dollar evaziga Samarqand-Istambul-Madrid-Nikaragua yo‘nalishi bilan Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga yuborishni va’da qilgan.

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. 

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabariga ko‘ra, unda fuqaro A.A fuqaro M.A.ni 14 000 AQSh dollari evaziga Samarqand-Istambul-Madrid-Nikaragua yo‘nalishi bilan Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga yuborishni va’da qilib, shundan 3 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid