Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Rossiyada migrant gettolari paydo bo‘lishining oldini olishga chaqirdi
Shu bilan birga, Putin Rossiya iqtisodiyoti migrantlarga muhtojligini, ammo yangi texnologiyalar joriy etilsa, ularning katta oqimi talab qilinmasligi mumkinligini ta’kidladi.
G‘arbda sodir bo‘layotganidek, Rossiyada migrantlar uchun alohida yashash hududlari (getto) paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ya olmaymiz. Bu haqda 12 sentabr kuni Sharqiy iqtisodiy forum (ShIF) doirasidagi majlisda Rossiya prezidenti Vladimir Putin gapirdi.
«Rossiyaga migrantlar oqimi bilan bog‘liq vaziyatga ehtiyotkorlik bilan yondashish va gettolar paydo bo‘lishining oldini olish kerak», dedi Putin.
Sessiya moderatori Ilya Doronov ayrim xorijiy mamlakatlarda migrantlar yashaydigan hududlar shakllanayotganini, hatto politsiya ham u yerga kirolmasligini ta’kidladi.
«Biz buni e’tiborga olishimiz va hech qanday holatda mamlakatimizda voqealarning bunday rivojlanishiga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak, bu Rossiya davlati uchun juda nozik masaladir», deb javob berdi Putin.
Shu bilan birga, Putin Rossiya iqtisodiyoti migrantlarga muhtojligini, ammo yangi texnologiyalar joriy etilsa, ularning katta oqimi talab qilinmasligi mumkinligini ta’kidladi.
«Iqtisodiyot, albatta, mehnat migrantlaridan ma’lum sohalarda foydalanishni talab qiladi. Eng muhimi, qurilish sohasida - mening fikrimcha, barcha mehnat migrantlarining 33 foizi bor. Agar bizga migrantlar oqimi kerak bo‘lsa, unda mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish uchun haqiqatan ham zarur bo‘lganlarni tanlab oling. Ammo yana bir yo‘l bor - bu bir vaqtning o‘zida oddiy va murakkab. Oddiylik shundaki, agar biz ko‘p sonli ishchilarni talab qilmaydigan yangi texnologiyalarni joriy qilsak, bunchalik katta migrantlar oqimi kerak bo‘lmasligi mumkin», dedi prezident.
Uning so‘zlariga ko‘ra, qiyinchilik boshqa vazifada - mamlakatning o‘zini texnologik rivojlantirish, ishlab chiqarish bazasini yangilash va hokazolarda, chunki bu vazifani «bugun yoki ertaga» amalga oshirib bo‘lmaydi, chunki bu katta investitsiyalar, ishonchli harakatlarni talab qiladi.
«Bu muammoni hal qilishning ko‘p yo‘llari bor, biz faqat ishlashimiz kerak, buni qilamiz», dedi Putin.
Shu bilan birga, Putin Rossiyada migratsiya masalasi AQSh yoki Yevropa davlatlariga qaraganda osonroq ekaniga e’tibor qaratdi, chunki migrantlar oqimi asosan sobiq Sovet Ittifoqi respublikalaridan keladi.
«Bizga ular bilan ishlash osonroq, ularning mamlakati rahbarlari hamma narsani tushunadi va biz bilan hamkorlik qilishga tayyor. Hozir ko‘plab davlatlar bilan bizga kelayotgan odamlar uchun tayyorgarlik dasturlarini amalga oshirmoqdamiz. Xo‘sh, gap nima haqda? Rus tilini o‘rganishi uchun, Rossiya qonunlarini o‘rganishi uchun. Odamlar tushunishi kerakki, agar ular boshqa davlatga borsa, uning urf-odatlari va madaniyatiga rioya qilishi shart va hokazo. U yerda ish ko‘p», deb tushuntirdi Putin.
Bu, prezident so‘zlariga ko‘ra, Rossiya fuqarolari uchun juda muhim masala, chunki migratsiya oqimi ular uchun bezovta qiluvchi omil bo‘lmasligi kerak.
«Va bu eng muhimi. Biz, albatta, birinchi navbatda, Rossiya fuqarolari manfaatlarini o‘ylashimiz kerak», dedi Putin.
Uning ta’kidlashicha, Rossiya mehnat bozoridagi migrantlar soni hozirda ishlayotgan fuqarolarning umumiy soniga nisbatan unchalik katta emas - atigi 3,7 foiz.
Mavzuga oid
10:02
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
14:20 / 11.06.2026
Rossiyadan ketgan fuqarolarning mol-mulki xatlanishi mumkin
09:15 / 09.06.2026
Putin va Netanyahuga order bergan prokuror vaqtincha ishdan olindi
20:34 / 08.06.2026