Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonda «Turkiy davlatlar tarixi» kongressi bo‘lib o‘tadi
Tadbirdan ko‘zlangan maqsad turkiy davlatlar tarixi bo‘yicha tadqiqotlarni faollashtirish va chuqurlashtirish hamda bu boradagi ilmiy hamkorlikni rag‘batlantirishdan iborat.
Qirg‘izistonning Issiqko‘l viloyati, Cho‘lpon-Ota shahrida 14-16 sentabr kunlari «Turkiy davlatlar tarixi» kongressi bo‘lib o‘tadi.
Turkiy Davlatlar Tashkiloti (TDT) Turkiy Akademiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, kongress Qirg‘iziston Ta’lim va fan vazirligi ko‘magida tashkil etilgan.
Kongressda TDT institutlari rasmiylari va vakillari, a’zo davlatlar vakillari va diplomatlar ishtirok etadi.
Tadbirdan ko‘zlangan maqsad turkiy davlatlar tarixi bo‘yicha tadqiqotlarni faollashtirish va chuqurlashtirish, bu boradagi ilmiy hamkorlikni rag‘batlantirishdan iborat. Kongress Turkiya Respublikasining 100 yilligiga bag‘ishlanadi.
Kongress sessiyalarida Ozarboyjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya, O‘zbekiston, Mo‘g‘uliston, Rossiya, Bolgariya, Ukraina va boshqa mamlakatlardan 50 dan ortiq turkolog olimlar ishtirok etadi.
Mashg‘ulotlarda qadim zamonlardan to hozirgi kungacha bo‘lgan tarixiy voqealar xronologik tartibda muhokama qilinadi, qabila ittifoqidan tortib ko‘chmanchi imperiyalargacha bo‘lgan turkiy davlatlarning siyosiy va harbiy tarixiga oydinlik kiritiladi.
Kongress yakunida deklaratsiya qabul qilinadi.
Mavzuga oid
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
19:57 / 30.05.2026
O‘zbekistondan Qirg‘izistonga yuborilgan 21 tonna tarvuzning ortga qaytarilishi sababi ma’lum qilindi
15:28 / 28.05.2026