Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Kim Chen Inga skafandr qo‘lqopini sovg‘a qildi
KXDR rahbari Kim Chen In Rossiyaga tashrifi vaqtida Vladimir Putin bilan sovg‘a almashganini Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov tasdiqladi.
Foto: Reuters
«Chindan ham sovg‘alar almashinuvi bo‘ldi. Biz bunday narsalarni ommaga alohida e’lon qilmaslikni afzal ko‘ramiz. Putin koreyslar yetakchisiga bir necha bor fazoda bo‘lgan kosmonavt kiyimi qo‘lqopini hamda Rossiyada ishlab chiqarilgan yuqori sifatli karabinni sovg‘a qildi», — dedi Peskov.
O‘z o‘rnida Kim Chen In KXDRda ishlab chiqarilgan karabinni Putinga hadya qilgan. Peskovga ko‘ra, «boshqa sovg‘alar» ham bo‘lgan.
Avvalroq Putin va Kim Chen In Rossiyaning Uzoq Sharqidagi «Vostochniy» kosmodromida uchrashgani haqida xabar berilgandi. 13 sentabr kungi rasmiy kechki ovqat paytida Kim Chen In Rossiya prezidentini Shimoliy Koreyaga tashrif buyurishga taklif qilgani, Putin esa bu taklifga rozi bo‘lgani ma’lum qilingandi.
Mavzuga oid
14:52 / 11.02.2026
Kallas yevropaliklarni Putin bilan aloqalarni muvofiqlashtirishga chaqirdi
13:41 / 09.02.2026
Babish: Yevropa Ukraina bo‘yicha Putin bilan muzokara olib borishi kerak
16:08 / 30.01.2026
Tramp Putin kuchli sovuq tufayli Kiyevga zarbalarni to‘xtatib turishini aytdi
14:43 / 30.01.2026