Rossiya prezidenti Vladimir Putin 13 sentabr, çorşanba kuni Amur viloyatidagi «Vostoçniy» kosmodromida KXDR yetakçisi Kim Çen In bilan uçraşdi.
«Interfaks» xabariga köra, Şimoliy Koreya yetakçisi poyezdda kosmodromning temiryöl vokzaliga yetib kelgan.
Putin va Kim Çen In örtasidagi uçraşuv marosimi hozirda yangi «Angara» raketasi yiğilayotgan raketani yiğiş va sinovdan ötkaziş binosida bölib ötdi.
Putin va Kim Çen In 2019 yilda, Kim Çen In poyezdda Vladivostokka kelganida uçraşgan.
Bölajak safar haqida birinçi bölib xabar bergan amerikalik rasmiylarga köra, Şimoliy Koreya rahbari Putin bilan Moskvaga qurol-yaroğ yetkazib beriş imkoniyatlarini muhokama qiladi.
Şimoliy Koreya rahbariga harbiy sanoatning yuqori martabali vakillari, diplomatlar va harbiy rahbarlar hamrohlik qilmoqda.












