Po‘lat Bobojonov: «Tizimda ma’naviy-axloqiy masalalarga e’tibor tubdan o‘zgaradi»
IIO xodimlari har kuni minglab fuqaro bilan muloqotga kirishadi. Vazirga ko‘ra, bu jarayonda ularning xushmuomala bo‘lishi, fuqarolar muammolariga qonuniy yechim topishi jamiyatdagi ijtimoiy kayfiyatga juda katta ta’sir ko‘rsatadi.
O‘zbekiston ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov mamlakat aholisiga murojaat bilan chiqdi. Murojaat matni “Yangi O‘zbekiston” nashrida e’lon qilingan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi vaqtlarda yangi turdagi jinoyatlar va ularni sodir etish usullari paydo bo‘lmoqda. Ayniqsa, yoshlar ongiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi yot g‘oyalarni targ‘ib etish, giyohvandlik va psixotrop moddalarni iste’mol qilishga jalb etish, fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlarini va mol-mulkini internet hamda ijtimoiy tarmoqlar yordamida noqonuniy qo‘lga kiritish holatlari ko‘payib bormoqda.
«Mana shunday vaziyatda barchamiz doimo ogoh va hushyor bo‘lishimiz, eng asosiysi, mahalla faollari, nuroniylar, ustoz va murabbiylar bilan birgalikda kelajagimiz egalari bo‘lgan farzandlarimizni jinoyat va huquqbuzarliklardan himoya qilishning sodda va samarali usullari amalda qo‘llanadi», dedi vazir.
Bildirilishicha, ichki ishlar tizimida ma’naviy-axloqiy masalalarga e’tibor tubdan o‘zgaradi.
«Ichki ishlar organlari xodimlari har kuni minglab fuqaro bilan muloqotga kirishadi. Bu jarayonda ularning xushmuomala bo‘lishi, fuqarolar muammolariga qonuniy yechim topishi aholi, umuman, jamiyatdagi ijtimoiy kayfiyatga juda katta ta’sir ko‘rsatadi.
Shu ma’noda, o‘z kasbiga, xizmat burchiga sadoqatli, yurt tinchligi, xalq manfaati uchun xizmat qilishni muqaddas burchi deb biladigan chinakam fidoyi xodimlar ichki ishlar organlari zimmasiga yuklatilgan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Shuning uchun bundan buyon ham kadrlarni tayyorlash, tanlash va joy-joyiga qo‘yish hamda tizimni nopok, g‘arazli niyatdagi, o‘z manfaatlarini xalq manfaatidan ustun qo‘yadigan shaxslardan tozalash ishlari diqqatimiz markazida bo‘ladi», deya ma’lum qildi Po‘lat Bobojonov.
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ucell mobil abonentlar soni bo‘yicha 10 millionlik marradan o‘tdi
O‘zbekiston | 16:59
-
Markaziy bank Telegram orqali tarqalayotgan firibgarlikdan ogohlantirdi
Jamiyat | 16:34
-
Shakarga aksiz to‘lovi bekor qilinadi. Quruq sut importiga qo‘yilgan cheklovlar ham olib tashlanadi
O‘zbekiston | 16:32
-
8 ta viloyatda sel-suv toshqini xavfi bo‘lishi e’lon qilindi
Jamiyat | 16:21
Mavzuga oid

18:20 / 03.03.2025
Po‘lat Bobojonov yangi lavozimga tayinlandi

12:30 / 03.03.2025
Po‘lat Bobojonov IIV rahbarligidan ketdi

10:21 / 22.01.2025
Ichki ishlar organlarida ma’muriy konvoy guruhlari tashkil qilinadi

16:02 / 22.04.2024