Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koreyada o‘zbekistonlik erkak keksa ayolni yong‘indan qutqarib qoldi
Janubiy Koreyaning Yangsan shahrida yonayotgan restorandan O‘zbekiston fuqarosi hushini yo‘qotgan 69 yoshli ayolni ko‘tarib olib chiqqan.
Koreyaning Yangsan shahrida 40 yoshli o‘zbekistonlik erkak keksa yoshli ayolni yong‘indan qutqarib qoldi, deb yozadi The Korea Herald.
O‘t o‘chirish xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘in dushanba kuni soat 18:44 lar atrofida keksa er-xotin boshqaradigan restoranda sodir bo‘lgan. Yong‘in haqida portlash, oynalar sinishi ovozini eshitgan guvohlar xabar bergan.
Ayolning eri tashqarida bo‘lgan va yong‘in kuchayib ketgani sababli ichkariga kira olmagan. Ichkarida qolgan ayol kuyish jarohati olgan va hushini yo‘qotgan.
Restoran yonida yashovchi o‘zbekistonlik erkak bino ichiga yugurib kirib, ayolni olov ichidan olib chiqqan.
Yong‘in butun restoran va yaqin atrofdagi avtomobillarga zarar yetkazgan. U soat 19:11 da o‘chirilgan. Zarar 60,4 ming AQSh dollari miqdorida baholanmoqda.
Jabrlanuvchining butun tanasida ikkinchi darajali kuyish jarohatlari borligi aniqlangan, uning eri ham jarohatlardan davolanmoqda.
Ayolni qutqarib qolgan O‘zbekiston fuqarosi shisha siniqlaridan yengil tan jarohati olgan, unga voqea joyida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, uyiga javob berilgan.
Mavzuga oid
10:23 / 04.07.2026
O‘rikzor bozoridagi oziq-ovqat do‘konida yong‘in chiqdi
09:25 / 03.07.2026
Fransiyaning bir nechta hududida o‘rmon yong‘inlari avj olmoqda
15:06 / 02.07.2026
Buxoroda qamishzorga o‘t qo‘yilishi oqibatida 50 tup daraxt yonib ketdi
19:44 / 28.06.2026