Moravetskiy: Polsha endi Ukrainaga hech qanday qurol bermayapti
Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, Polsha «tinchlikni istasang, urushga tayyorlan» tamoyili asosida harakat qiladi.
Polsha endi Ukrainani hech qanday qurol-yarog‘ bilan ta’minlamayapti. Bu haqda Polsha hukumati rahbari Mateush Moravetskiy Polsat telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Polsha Kiyevga harbiy yordam berishda davom etadimi, degan savolga javob berar ekan, u: «Polsha endi Ukrainaga hech qanday qurol bermayapti», dedi.
«Bizning o‘zimiz eng zamonaviy qurollar bilan qurollanyapmiz», dedi Moravetskiy.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Polsha «tinchlikni xohlasang, urushga tayyorlan» tamoyili asosida ishlayapti.
«Biz ushbu qoidaga amal qilamiz va shuning uchun [qurollarga] katta buyurtmalar berdik», deya qo‘shimcha qildi Moravetskiy.
Avvalroq Polsha Ukraina Qurolli kuchlariga taxminan 3 milliard dollarlik MiG-29 samolyotlari, T-72 tanklari va 14 ta Leopard 2 tanklari, artilleriya snaryadlari va boshqa o‘q-dorilar, ko‘chma zenit-raketa tizimlari, uchuvchisiz uchish apparatlarini topshirgani haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid
19:10 / 30.09.2024
Polsha prezidenti fuqarolarni haqorat qilgani uchun sudga chaqiriladi
08:10 / 30.09.2024
Ukraina Rossiyadagi raketa arsenaliga muvaffaqiyatli zarba berganini e’lon qildi
18:01 / 29.09.2024
Frontdagi vaziyat: Rossiya armiyasi Ukrainaning muhim qal’asi - Vuhledarni deyarli to‘liq qurshab oldi
13:31 / 29.09.2024