Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ochiq e’lon qilinishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar ro‘yxati kengayadi
Ro‘yxatga davlat organlari va tashkilotlari xodimlari tomonidan xorijiy xizmat safarlari, xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar hamda O‘zbekiston hududida o‘tkazilgan xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan qabul qilib olingan sovg‘alar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham kiritilishi kutilyapti.
«Davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ochiqligini ta’minlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmonga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi farmoni loyihasi muhokamaga qo‘yildi.
Loyihada Ochiq ma’lumotlar sifatida joylashtirilishi kerak bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlar ro‘yxatini to‘ldirish nazarda tutilmoqda.
Ular:
bo‘sh ish o‘rinlari, ishga qabul qilish shartlari, nomzodlarga qo‘yiladigan talablar va taqdim qilinishi lozim bo‘lgan hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
davlat organlari va tashkilotlari tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlariga ajratilgan grant va ijtimoiy buyurtma loyihalari, shu jumladan g‘olib bo‘lgan nodavlat notijorat tashkilotlari va ularning buyurtma doirasida bajargan ishlari yuzasidan hisobotlari;
davlat organlari va tashkilotlari xodimlari tomonidan xorijiy xizmat safarlari, xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar hamda O‘zbekiston hududida o‘tkazilgan xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan qabul qilib olingan sovg‘alar to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
Loyiha muhokamasi joriy yilning 4 oktyabr sanasiga qadar davom etadi.
Mavzuga oid
20:18 / 06.06.2026
Yangi Samsung Galaxy S27 Pro smartfoni haqida ma’lumot berildi
11:31 / 17.03.2025
Toshkentda 15 mingdan ortiq kishining shaxsiy ma’lumotlarini yig‘gan jinoiy guruh ushlandi
15:13 / 07.11.2024
Fuqarolar saqlashi taqiqlangan yovvoyi hayvonlar ro‘yxati tasdiqlandi
10:30 / 25.10.2024