Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Janubiy Koreya qo‘shma logistika kompaniyalarini tashkil etadi
Ular O‘zbekiston mahsulotlarini Koreya Respublikasiga eksport qilishda yordam beradi.
Amaliy tashrif bilan Seul shahrida bo‘lgan Senat raisi Tanzila Norboyeva bir qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi.
Koreya-O‘zbekiston biznes assotsiatsiyasi raisi birinchi o‘rinbosari Kim Chang Keon bilan bo‘lib o‘tgan muloqotda so‘nggi yillarda ikki davlat o‘rtasida iqtisodiy almashinuv va sarmoyaviy faoliyat rivojlanib borayotgani, hamkorlik yangi pog‘onaga ko‘tarilgani alohida qayd etildi.
Sarmoyaviy hamkorlikni mustahkamlash, Koreya Respublikasining yetakchi kompaniyalarini O‘zbekistonga jalb etish masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralar natijasida O‘zbekiston mahsulotlarini Koreya Respublikasiga eksport qilishga xizmat qiladigan O‘zbekiston-Koreya qo‘shma transport-logistika kompaniyalarini tashkil etish, audio va video texnika, shuningdek, videokuzatuv tizimlari ishlab chiqarish hamda chiqindi poligonlari negizida qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash majmuasini yaratish kabi loyihalarni ko‘rib chiqish va ularni tayyorlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) prezidenti Chang Von Sam bilan o‘tkazilgan uchrashuvda birgalikda amalga oshirilayotgan loyihalar, ikki tomonlama munosabatlarni kengaytirishga qaratilgan yangi imkoniyatlar muhokama qilindi.
Global Yashil o‘sish instituti (GGGI) tomonidan KOICA bilan birgalikda Orol dengizi mintaqasi ekotizimini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan umumiy qiymati 5,9 mln dollar bo‘lgan loyiha amalga oshirilmoqda. Shu ma’noda Koreyaning ilg‘or tajribasi va ekologik muammolarni hal etishdagi amaliy muvaffaqiyatlarini inobatga olgan holda, iqlim o‘zgarishi jarayonlarini jilovlash va “yashil” texnologiyalar bo‘yicha hamkorlikni yanada kengaytirish yuzasidan fikr almashildi.

So‘nggi yillarda O‘zbekiston juda tez sur’atlar bilan rivojlanayotgani va turli loyihalarni amalga oshirish zarurati yuzaga kelayotgani alohida ta’kidlanib, sog‘liqni saqlash, ta’lim, axborot texnologiyalari, kommunal xo‘jalik, qishloq va suv xo‘jaligi, energetika, transport va boshqa sohalardagi loyihalarni ilgari surish orqali keng qamrovli va ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib olindi.
Mavzuga oid
11:30 / 11.06.2026
Afg‘oniston–Pokiston mojarosiga qaramay, Kobul koridorini qurish loyihasi davom etmoqda
11:24 / 31.05.2026
O‘g‘itlar inqirozi, logistika va proteksionizm: oziq-ovqat narxlari nega oshib boryapti?
10:43 / 14.05.2026
400 ming dollarlik firibgarlik: Koreya ish vizasi bilan bog‘liq holat fosh etildi
10:44 / 23.04.2026