Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Ozarboyjonga tashrif buyuradi
Turkiya rahbari 25 sentabr kuni Ozarboyjonning Naxchivan avtonom respublikasiga boradi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bugun bir kunlik amaliy safar bilan Ozarboyjonning Naxchivan avtonom respublikasiga boradi.
Bu haqda Turkiya prezidenti ma’muriyatining aloqa bo‘limi bayonotida aytiladi.
Tashrif Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan amalga oshiriladi.
Bayonotga ko‘ra, liderlar ikki tomonlama Turkiya-Ozarboyjon munosabatlarini muhokama qiladi.
Shuningdek, dolzarb mintaqaviy va xalqaro muammolar, birinchi navbatda Ozarboyjonning Qorabog‘ mintaqasidagi so‘nggi voqealar yuzasidan fikr almashiladi.
Turkiya va Ozarboyjon prezidentlari Igdir-Naxchivan gaz quvuri qurilishiga start berish va modernizatsiya qilingan Naxchivan harbiy majmuasining ochilish marosimida ishtirok etishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
14:14 / 22.06.2026
Ozarboyjon elchisiga «Mehnat shuhrati» ordeni topshirildi
19:01 / 16.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon bosh vaziri bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi
21:25 / 31.05.2026
Mirziyoyev Turkiyadagi avtobus halokati munosabati bilan Erdo‘g‘anga ta’ziya yo‘lladi
11:16 / 25.05.2026