Jahon | 15:34 / 25.09.2023
6090
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘izistonda un va bug‘doy eksportiga 6 oylik taqiq joriy etildi

Bu boradagi qaror 22 sentabr kuni qabul qilingan.

Foto: Shutterstock

Qirg‘iziston un hamda bug‘doy eksportiga taqiq qo‘ydi. Mamlakat Qishloq xo‘jaligi vazirligiga ko‘ra, bu haqda Vazirlar Mahkamasining «Qirg‘iziston respublikasidan ayrim turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini vaqtincha taqiqlash to‘g‘risida»gi qarorida belgilandi.

Taqiq un (bug‘doy uni) hamda g‘allaga taalluqli bo‘lib, u 6 oy davomida amalda bo‘ladi.

Ta’kidlanishicha, qaror oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, oziq-ovqat mahsulotlarining bozor narxini barqarorlashtirish uchun qabul qilingan.

Qaror 22 sentabr kuni qabul qilingan va oradan 3 kun o‘tib — bugundan kuchga kirgan.

Mavzuga oid