Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
To‘qayev Qozog‘iston quruqlikdagi qo‘shinlari bosh qo‘mondonini o‘zgartirdi
Asan Jusupov quruqlikdagi qo‘shinlarga yangi bosh qo‘mondon etib tayinlandi.
Asan Jusupov Foto: CentralAsia
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Qozog‘iston Respublikasi Qurolli kuchlari quruqlikdagi qo‘shinlari bosh qo‘mondoni lavozimidan ozod etish va tayinlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Davlat rahbarining farmoni bilan Talgat Qo‘ybakov Qozog‘iston Respublikasi Qurolli kuchlari quruqlikdagi qo‘shinlari bosh qo‘mondoni lavozimidan ozod etildi.
Prezidentning boshqa farmoni bilan Asan Jusupov Qozog‘iston Qurolli kuchlari quruqlikdagi qo‘shinlari bosh qo‘mondoni etib tayinlandi.
Qozog‘iston Respublikasi Qurolli kuchlarining quruqlikdagi qo‘shinlari — Qozog‘iston Respublikasi qurolli kuchlari turlaridan biri. U 1993 yil 9 aprelda tuzilgan.
Mavzuga oid
18:01 / 10.02.2026
Qozog‘iston Starlink sun’iy yo‘ldosh internetini qo‘shni davlatlar bilan baham ko‘rmoqchi
21:27 / 09.02.2026
Qozog‘istonning yangi konstitutsiyasida rus tili to‘g‘risidagi ta’rif o‘zgartiriladi
11:53 / 06.02.2026
Qozog‘iston sudi Rossiyadan qochgan dezertirga boshpana berishni rad etdi
09:35 / 06.02.2026