O‘zbekiston | 11:37 / 28.09.2023
3956
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Britaniya mintaqaviy xavfsizlik masalasini muhokama qildi

O‘zbekiston prezidentining maxsus vakili va Buyuk Britaniya qurolli kuchlari vaziri mintaqaviy xavfsizlik masalalari, jumladan, Afg‘onistondagi vaziyatni ko‘rib chiqdi.

Foto: TIV

Kecha O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev va Buyuk Britaniya qurolli kuchlari vaziri Jyeyms Xippi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

TIV ma’lumotiga ko‘ra, muloqot chog‘ida O‘zbekiston-Buyuk Britaniya hamkorligining bugungi darajasi, mintaqaviy xavfsizlik masalalari, jumladan, Afg‘onistondagi vaziyat muhokama qilindi.

Jyeyms Xippi O‘zbekistonning Afg‘oniston bo‘yicha mintaqaviy pozitsiyasini mustahkamlash, ushbu mamlakatda uzoq muddatli tinchlik va barqarorlik o‘rnatish, shuningdek, afg‘on xalqiga humanitar yordam ko‘rsatish borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi.

Buyuk Britaniyaning O‘zbekiston bilan Afg‘oniston yo‘nalishida faol hamkorlikni davom ettirishga tayyorligi qayd etildi.

Mavzuga oid