Jahon | 08:37 / 29.09.2023
2150
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada «ekstremizm targ‘iboti» uchun jinoiy javobgarlik joriy etiladi

Agar qonun qabul qilinsa, javobgarlik nafaqat ekstremizmga chaqiriqlar, balki uni «ommaviy asoslash» va «targ‘ibot» uchun ham qo‘llanadi. Ushbu moddada besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Foto: Picture Alliance

Rossiya Davlat dumasi deputatlari 28 sentabr, payshanba kuni birinchi o‘qishda «ekstremizmni ommaviy oqlash va targ‘ib qilish» uchun jinoiy javobgarlikni nazarda tutuvchi qonun loyihasini qabul qildi, deb xabar berdi Rossiya parlamenti quyi palatasi matbuot xizmati.

Qonun loyihasi bilan Jinoyat kodeksining amaldagi 280-moddasiga («Ekstremizmga ommaviy da’vat») o‘zgartirishlar kiritiladi. Ular qabul qilingan taqdirda, javobgarlik nafaqat ekstremizmga chaqiriqlar, balki uni «ommaviy asoslash» va «targ‘ibot» uchun ham qo‘llanadi. Moddada 300 ming rublgacha jarima va besh yilgacha qamoq jazosi nazarda tutilgan.

«Ekstremizmni oqlash» deganda qonun loyihasi mualliflari «ekstremizm mafkurasi va amaliyotini to‘g‘ri va qo‘llab-quvvatlashga muhtoj, deb e’tirof etuvchi ommaviy bayonot»ni nazarda tutadi. «Ekstremizm targ‘iboti» «ekstremizm mafkurasini yaratishga, uning jozibadorligiga ishonch hosil qilishga yoki ekstremistik faoliyatni amalga oshirish mumkinligi haqidagi g‘oyalarni shakllantirishga qaratilgan materiallar va ma’lumotlarni tarqatish» hisoblanadi.

Rossiya Jinoyat kodeksida allaqachon shunga o‘xshash modda mavjud - Jinoyat kodeksining 205.2-moddasi («Terrorchilik faoliyatiga ommaviy chaqiriqlar, terrorizmni ommaviy ravishda oqlash yoki terrorizmni targ‘ib qilish»), u yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilishni nazarda tutadi. Unga ko‘ra, xususan, moskvalik faol Mixail Kriger yetti yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Rejissyor Yevgeniya Berkovich va dramaturg Svetlana Petriychuk xuddi shu modda bo‘yicha «Finist sarlochin» spektakli uchun ayblanmoqda, deb eslatadi «Novaya gazeta Yevropa».

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid