Jahon | 14:03 / 01.10.2023
18950
2 daqiqa o‘qiladi

Anqarada IIV binosi atrofida terakt sodir etildi

Foto: Reuters

Ikki noma’lum shaxs Anqaradagi parlament va ichki ishlar vazirligi binolari yaqinida portlash sodir etdi. Bu haqda Turkiya IIV rahbari Ali Yerliqoya xabar bermoqda.

Uning ma’lumotiga ko‘ra, hujum qilganlardan biri o‘zini portlatib yuborgan, ikkinchisi «bartaraf etilgan».

Reuters agentligiga ko‘ra, bunday formulirovka hujum qilganlarning ikkinchisi politsiya tomonidan otib o‘ldirilganini anglatadi.

«Otishma vaqtida ikki politsiyachimiz yengil jarohat oldi. Bizning kurashimiz so‘nggi terrorchi zararsizlantirilmagunicha davom etadi», — deya yozgan vazir Twitter sahifasida.

Hech bir tashkilot hozircha hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan. Turkiya hukumati ham bu terakt ortida kim turgan bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risida ma’lumot bermagan.

Bugun parlamentda deputatlarning yozgi tanaffusdan keyingi ilk yig‘ilishi bo‘lib o‘tishi kerak edi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid