O‘zbekiston | 07:25 / 02.10.2023
2808
1 daqiqa o‘qiladi

Qatar O‘zbekistonda zamonaviy aviaterminallar barpo etishga sarmoya kiritadi

Qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun ikki tomonlama guruh uchrashuvini yaqin fursatda o‘tkazishga kelishib olindi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Qatarga davlat tashrifining ishbilarmonlik dasturi doirasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qatar investitsiyalar agentligi direktori Bandar bin Saud Ol Soniyni qabul qildi.

Uchrashuvda agentlikning to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarini mamlakat hududlarida “yashil” energetika obektlari – quyosh va shamol stansiyalarini qurish, transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish, shu jumladan zamonaviy aviaterminallar barpo etish va boshqa investitsiya loyihalariga jalb qilish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Ilg‘or bank-moliya xizmatlarini, shu jumladan islom moliyasi dasturlari doirasida rivojlantirishdan manfaatdorlik bildirildi.

Qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun ikki tomonlama guruh uchrashuvini yaqin fursatda o‘tkazishga kelishib olindi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid