SES Hindistonga bormoqchi bo‘lgan o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi
JSST Kerala shtatida Nipah virusi avj olayotgani haqidagi ma’lumotni taqdim etgan. Nipah infeksiyasi bo‘yicha ikkita o‘lim holati kuzatilgan.
O‘zbekiston sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi ijtimoiy tarmoqlarda berilgan Hindistonning Kerala shtatida tarqalgan Nipax virusdan ikki kishi vafot etgani haqidagi xabarlarga izoh berdi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Hindistonning Kerala shtatida Nipah virusi avj olayotgani haqidagi ma’lumotini taqdim etdi. Joriy yilning 22 sentabr holatiga ko‘ra, Nipah infeksiyasi bo‘yicha oltita holat tasdiqlangan bo‘lib, ikkita o‘lim holati yuz berdi.
Nipah virusi – bosh miya yallig‘lanishi yoki nafas yo‘llari kasalliklari bilan kechadigan jiddiy kasallikni keltirib chiqaradigan virus turi hisoblanadi.
Savdo-sotiq ishlari bo‘yicha boruvchi tadbirkorlar yoki sayohat uchun Hindistonga borishga chog‘langan o‘zbekistonliklarga mazkur virusdan saqlanish uchun quyidagi tavsiyalarga amal qilish muhimligi eslatib o‘tilgan:
shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etish;
mevalarni iste’mol qilishdan oldin yaxshilab yuvish;
yangi siqilgan xurmo sharbatini qaynatib ichish;
ko‘rshapalaklar tirnashi yoki tishlashi natijasida teshilgan mevalarni iste’mol qilmaslik.
“Har qanday kasallikning oldini olishda belgilangan qoida va tavsiyalarga amal qilish muhim hisoblanishini unutmang”, deyiladi rasmiy ma’lumotda.
Mavzuga oid
16:43 / 17.11.2024
Hindiston birinchi gipertovushli raketasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi
16:50 / 16.11.2024
Hindistonda havo ifloslanishi kuchayib ketganidan Toj Mahal ko‘rinmay qoldi
17:36 / 14.11.2024
Hindiston xalqaro aeroportida havoning ifloslanishi tufayli 200 dan ortiq reyslar kechiktirildi
19:27 / 13.11.2024