O‘zbekiston | 08:50 / 03.10.2023
14968
2 daqiqa o‘qiladi

«Biznesni rivojlantirish banki»ga rahbar tayinlandi 

“Qishloqqurilishbank” negizida tashkil etilgan “Biznesni rivojlantirish banki” boshqaruvi raisi tayinlandi. 

Foto: yuz.uz

“O‘zsanoatqurilishbank” boshqaruvi raisi bo‘lgan Saxi Saparmuxamedovich Annaklichev “Biznesni rivojlantirish banki” boshqaruvi raisi sifatida ish boshladi.

“Qishloqqurilishbank”ning avvalgi raisi Alisher Akmalovich Muratov raisning birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.

Saxi Annaklichev 1975 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, To‘rtko‘l tumanida tug‘ilgan. 1996 yil Turkmaniston xalq xo‘jaligi institutini, 1999 yilda O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini, 2008 yilda Yaponiya Kobe universitetini, 2010 yilda prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. 

S.Annaklichev 2018-2019 yillarda “O‘zsanoatqurilishbank” ATB boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari, 2019-2020 yillarda Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bank boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan. 2020 yil martdan “O‘zsanoatqurilishbank” ATB boshqaruvi raisi lavozimiga tayinlangan.

Sentyabr oyi boshida prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan 2023 yilgi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha qaror imzolagandi.

Unga ko‘ra, “Qishloq qurilish bank” ATB negizida “Biznesni rivojlantirish banki” ATB tashkil etildi.

Uning faoliyati ustuvor ravishda kichik biznes sub’yektlarining loyihalarini moliyalashtirish va ularga kompleks xizmatlar ko‘rsatishga yo‘naltiriladi.

Mavzuga oid