Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gurjiston KS bugun prezidentga impichment e’lon qilish taklifini ko‘rib chiqadi
Hukmron «Gurjiston orzusi» partiyasi vazirlar mahkamasi rad javobiga qaramay, prezident Salome Zurabishvilining Yevropaga safari munosabati bilan unga qarshi impichment jarayonini boshladi.
3 oktyabr, seshanba kuni Gurjiston Konstitutsiyaviy sudi og‘zaki eshituvlarda mamlakat prezidenti Salome Zurabishviliga impichment e’lon qilinishi bo‘yicha konstitutsiyaviy taqdimnomani ko‘rib chiqadi. Bu haqda mahalliy OAV Konstitutsiyaviy sud ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, sudda taklif mualliflari ham, Gurjiston prezidenti ham ishtirok etishi kutilmoqda.
Yig‘ilishda hukmron «Gurjiston orzusi» partiyasi raisi Irakliy Kobaxidze ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Sentyabr oyi boshida hukmron «Gurjiston orzusi» partiyasi vazirlar mahkamasi rad javobiga qaramay, Yevropaga safari tufayli prezident Salome Zurabishviliga qarshi impichment jarayonini boshlagan edi.
Mavzuga oid
14:42
Yevropa sari navbatdagi bekat. Shavkat Mirziyoyev – Gurjistonda
13:49
23 yillik tarixiy tashrif. Gurjiston bilan aloqalarning yaxshilanishi nega muhim?
17:34 / 03.07.2026
Tbilisida Alisher Navoiy haykali ochildi
14:55 / 03.07.2026