Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kanada elchisi O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlayapti
2021 yilning 26 iyul kuni diplomat Elison Meri Leklerni O‘zbekistondagi elchi lavozimiga ishonch yorliqlarini TIVga topshirgan edi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha mamlakatdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Kanada elchisi (qarorgohi - Moskva shahrida) Elison Meri Leklerni qabul qildi.
«O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Kanada elchisi Elison Lekler xonim bilan uchrashdik», - deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida.
Qayd etilishicha, energetikadan tortib ta’limgacha bo‘lgan ko‘plab sohalardagi ikki tomonlama munosabatlar ulkan salohiyatga ega ekani alohida ta’kidlangan.
«O‘tgan yillarda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun elchi xonimga o‘z minnatdorligimizni bildiramiz va kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz», deydi Baxtiyor Saidov.
2021 yilning 26 iyul kuni diplomat Elison Meri Leklerni O‘zbekistondagi elchi lavozimiga ishonch yorliqlarini TIVga topshirgan edi.
Mavzuga oid
11:19 / 29.06.2026
JCh kundaligi. 1/8 finalning ilk ishtirokchisi ma’lum, Koreya lagerida mojaro, Kabo-Verde sardorida muammo
07:43 / 13.06.2026
Kanada JCh tarixidagi ilk ochkosini qo‘lga kiritdi
16:40 / 12.06.2026
Mundial tanishtiruvi. B guruhi haqida nimalarni bilish kerak?
14:14 / 12.06.2026