Jahon | 12:01 / 09.10.2023
4532
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston Afg‘onistonga qutqaruvchilar va insonparvarlik yordami yuboradi 

Yaqin orada Qozog‘iston tomoni havo va temiryo‘l orqali oziq-ovqat, chodir, dori-darmon va kiyim-kechak jo‘natadi.

Foto: Mohsen Karim/ AFP

Qozog‘iston Afg‘onistonga qutqaruvchilar va insonparvarlik yordami yuboradi. Bu haqda Zakon.kz nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, Hirot viloyatida sodir bo‘lgan kuchli zilzilalardan so‘ng Afg‘onistonga Qozog‘istondan qutqaruvchilar va humanitar yordam yuboriladi.

Yaqin orada Qozog‘iston tomoni havo va temiryo‘l orqali oziq-ovqat, chodir, dori-darmon va kiyim-kechak jo‘natadi.

Afg‘onistondagi kuchli zilzila oqibatida 2400 dan ortiq kishi halok bo‘ldi. Qutqaruvchilarning taxminicha, odamlar vayronalar ostida qolayotgani sababli qurbonlar soni ortishi mumkin.

7 oktyabr kuni ertalab Afg‘onistonda 6,2 magnitudali zilzila qayd etildi, uning episentri 272 ming kishi istiqomat qiluvchi Hirot shahridan 42 km shimoli-g‘arbda joylashgan. Zilzila o‘chog‘i 10 km chuqurlikda bo‘lgan. Birinchi zilziladan keyin 4,3 dan 6,3 ballgacha bo‘lgan yana bir necha silkinishlar sodir bo‘ldi. 

O‘tgan yil iyun oyida Afg‘onistonda 5,9 magnitudali zilzila sodir bo‘lib, mingdan ortiq odam halok bo‘lgan edi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid