O‘zbekiston | 22:34 / 11.10.2023
11130
1 daqiqa o‘qiladi

OTB O‘zbekistonda elektromobillarni ommalashtirish uchun mablag‘ ajratadi 

«Elektromobillik dasturi»ga 170 mln dollar yo‘naltiriladi. 

Transport vazirining birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov Osiyo taraqqiyot banki vakillari bilan uchrashdi. Uchrashuvda Yashil iqlim fondining «Elektromobillik dasturi»ni moliyalashtirish bilan bog‘liq masalalar muhokama etilgan. 

Qayd etilishicha, O‘zbekistonda amalga oshirilishi rejalashtirilgan mazkur dasturni moliyalashtirish bo‘yicha taklif etilayotgan mablag‘ 170 mln AQSh dollarini (zayom mablag‘ining 65 mln dollari grant va qolgan 105 mln dollari qarz) tashkil etadi. 

Tijorat elektromobillarini ommalashtirishdagi to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan ushbu dastur, elektrobuslar parkini va yordamchi infratuzilmani joylashtirish, jamoat transporti tizimini yaxshilash hamda uning barqarorligini ta’minlash, shuningdek, elektromobillarni rivojlantirishga qaratilgan davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlashni ko‘zda tutuvchi 4 ta yo‘nalishni o‘z ichiga oladi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid