O‘zbekiston | 09:48 / 12.10.2023
7771
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Bishkekdagi MDH sammitida ishtirok etadi

Sammit tadbirlari davomida MDH doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqiladi.

Foto: Kun.uz

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning taklifiga binoan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun 13 oktyabr kuni amaliy tashrif bilan Bishkek shahrida bo‘ladi.

Sammit tadbirlari davomida MDH doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish, jumladan, savdo, investitsiyalar, sanoat kooperatsiyasi, innovatsiyalar, raqamlashtirish, transport, ta’lim, madaniyat va boshqa sohalarda qo‘shma dastur va loyihalarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqiladi.

Davlat rahbarlari xalqaro kun tartibidagi masalalar yuzasidan ham fikr almashadilar.

Yig‘ilish yakunida Hamdo‘stlik doirasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlariga doir qator bitim va qarorlarni qabul qilish ko‘zda tutilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid