Jamiyat | 16:11 / 13.10.2023
15658
5 daqiqa o‘qiladi

Biznes o‘sishini rag‘batlantirish uchun ma’lumotlarni qanday boshqarish kerak?

Biznes qanchalik ko‘p ma’lumotlarni saqlamasin, kompaniya ularni to‘g‘ri boshqara olgandagina qimmatli ma’lumotga aylanadi. Nima uchun ma’lumotlarni boshqarish biznes rivojlanishining kaliti hisoblanishi haqida Lenovoning Yevropa, Yaqin Sharq va Afrika mintaqasidagi ma’lumotlarni saqlash tizimlarini sotish bo‘yicha direktori Marko Pozzoni ruknida o‘qing.

Ma’lumotlar – bugungi kunda har qanday kompaniyada mavjud bo‘lgan eng qimmatli aktiv bo‘lib, ma’lumotlarni to‘g‘ri boshqarish biznesni rivojlantirishda muhim omil hisoblanadi. Ma’lumotlar har qanday joyda, avtomobil datchigi yoki savdo nuqtalarining IT tizimida ham bo‘lishi mumkin. Ma’lumotlarni boshqarish, ularni “bulutli” saqlash tizimlarida, lokal qurilmalarda va tashqi jihozlarda jamlash ularni tezda monetizatsiya qilish imkonini beradi.

Bir necha yil oldin, xaridorlarning soni va xulq-atvorini tahlil qilish maqsadida do‘kondagi videokuzatuv kameralaridagi ma’lumotlar avvalo yozib olingan va ulardan maqsadli foydalanish uchun qayta ishlash markaziga o‘tkazilgan. Bugungi kunda Biz sun’iy intellekt orqali ma’lumotlar bilan real vaqtda to‘g‘ridan to‘g‘ri qurilmaning o‘zida ishlash imkoniyatiga egamiz.

Biznesning vazifasi ushbu ma’lumotlar qayerda joylashganidan qat’i nazar, ularni kompaniyaning IT-ekotizimidagi foydalanuvchilar va ilovalarga taqdim etishdan iboratdir. Shundagina ma’lumotlar tezkor qarorlar qabul qilish va strategik rejalashtirish uchun qimmatli manbaga aylanadi.

Ma’lumotlarni boshqarish 

Ma’lumotlar hajmi oshgani sayin, eski ma’lumotlarni boshqarish tizimlari ularni qayta ishlash ehtiyojini qondira olmaydi. Tadqiqotlarimiz natijalariga ko‘ra, kompaniyalar umumiy sonining faqatgina 23 foizi o‘z strategiyalarini ulangan qurilmalar orqali hosil qilinadigan ma’lumotlarning ortib boruvchi hajmiga moslashtirishga tayyor.

Ma’lumotlar to‘plamini samarali boshqarish hozirgi zamonda muhim o‘rin egallagan bo‘lib, u tashkilotlarga qarorlar qabul qilish, normativ talablarga javob berish, ma’lumotlarni saqlash xarajatlari va resurslarini samarali boshqarish uchun zarur bo‘lgan bilimlarni olishga yordam beradi. Ma’lumotlar raqobatdosh ustunlik sifatida ishlatish mumkin bo‘lgan qimmatli aktivga aylanishi uchun texnologiya, jarayonlar va tashkiliy mas’uliyatning uyg‘unlashuvi talab qilinadi. 

Ma’lumotlar bilan ishlashning samarali strategiyasini yaratish 

Strategiya biznesning o‘ziga xos aniq talablariga javob berishi kerak va bu masalada universal yondashuv mavjud emas. 

Masshtablashtirish (ish davomida quvvatlarni oshirib borish) juda muhim hisoblanib, “haqiqiy sarfga qarab to‘lash” modeli asosida zarur bo‘lgan paytda kerakli quvvatni sotib olish imkoniyati mavjud. Shuningdek, ma’lumotlarni qayta ishlash samaradorligi va yuqori foydalanuvchanlik – ma’lumotlar strategiyasini baholashda e’tiborga olish lozim bo‘lgan asosiy elementlardan hisoblanadi. Kompaniya rahbarlari kelgusi besh yil ichida qanday maqsadlarga erishmoqchi ekanliklarini tushunishlari kerak.

Ma’lumotlarni samarali boshqarishni o‘zlashtirgan kompaniyalarda, IT-guruhlari qaror qabul qilish jarayonida ma’lumotlardan foydalanish uzluksizligini ta’minlash maqsadida biznesning qolgan bo‘linmalari bilan yaqindan hamkorlik qiladi. Bizning tahlillarimizga ko‘ra, kompaniyalarning faqatgina 15 foizida IT-guruhlari ma’lumotlarga asoslangan loyihalarni amalga oshirish jarayonida biznes bilan samarali hamkorlik qiladi. Bunday tashkilotlarda daromadlar, rentabellik va mijozlar ehtiyojini qondirilganlik darajasi oshganligini kuzatish mumkin. Boshqacha qilib aytganda, ma’lumotlarni samarali boshqarish aniq, o‘lchanadigan natijalarni beradi.

Ma’lumotlar tahlili va xavfsizligi

Kompaniyaning ichki biznes bo‘linmalari yoki hamkorlar o‘rtasida ma’lumotlar almashinuvining mavjudligi, ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash masalasining yanada dolzarb ahamiyat kasb etishiga olib keladi. Doimiy o‘zgarib turuvchi tahdidlar va tobora murakkablashib borayotgan biznes muhit sharoitida ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlovchi vositalar kompaniya ma’lumotlarini istalgan vaqtda va istalgan joydan himoya qilishni ta’minlash uchun doimiy ravishda takomillashtirib borilishi zarur.

Kuzatuvlarimizga ko‘ra, ko‘pgina kompaniyalarda hanuzgacha ma’lumotlarni tahlil qilish bo‘yicha avtomatlashtirilgan yechimlar mavjud emas. Bu esa ma’lumotlardan foydalanish samaradorligining tushishiga yoki ularning umuman ishlatilmasligiga olib keladi. Shu sababli, ma’lumotlarni boshqarishda avtomatlashtirish darajasini oshirish kelgusi yillarda ularning qiymatini oshiruvchi asosiy omili bo‘ladi.

Reklama

Mavzuga oid