Tahlilçilar kelayotgan 2023 yilda işçilarni qanday iş şaroitlari kutayotgani haqida materiallar e’lon qilişdi.

Uyda ham işlaş mumkin

Pandemiya sabab joriy etilgan lokdaunlar davrida masofaviy, gibrid (ham ofisdan, ham masofadan işlaş) iş şakllari ommalaşib ketdi. Tahlillarga köra, 2022 yilda 58 foiz amerikaliklar heç bölmasa bir kun uyidan turib işlaş imkoniga ega bölgan, 38 foizi esa har kuni işga borişi şart bölmagan.

Garçi bu usulda işlaşning ijtimoiy ta’sirini baholaşga hali erta bölsa-da, dastlabki hisobotlar bunday moslaşuvçan grafiklar işçilar kayfiyati yaxşilanişiga, mahsuldorlik oşişiga sabab bölganini körsatmoqda.

Foto: Adobe Stock

Biroq bu öziga xos muammolarni ham keltirib çiqaradi. Kompaniyalar xodimlari bilan korporativ tarzda boğlaniş mumkin onlayn platformalarni va ularning xavfsizligini örganib çiqiş bilan maşğul bölişi kutilyapti.

Ofisda bölmaslik xodimlarning jamoasi bilan kam muloqotda bölişiga, kompaniya madaniyatidan kamroq xabardor bölişlariga sabab böladi. Şuning uçun kompaniyalar biznes va xodimlar manfaatini birday öylagan holda gibrid va masofaviy iş amaliyotidan foydalanişlari kerak böladi. Xodimlarning esa işga har kuni qatnamaslik hisobiga transport xarajatlari tejaladi, lekin doimiy uyda böliş bilan energiya xarajatlari oşadi.

Majlislar virtual böladi

Keyingi yil taşkilotlarda metavers ta’siri sezilarli böladi. Metavers – virtual reallik platformasi bölib, unda insonlar avatar (şaxsning onlayn dunyo uçun özi yasaydigan varianti) orqali harakatlaniş mumkin. Bunday platformalarda korporativ majlislar ötkazilişi, muhokamalarni amalga oşirişi mumkin. Buning uçun Meta’ning (sobiq Facebook) iş atmosferasini beradigan Horizon platformasidan foydalaniş mumkin. 

Horizon platformasi

Bundan taşqari, Nvidia’ning Omniverse