Ma’lumotlar – bugungi kunda har qanday kompaniyada mavjud bölgan eng qimmatli aktiv bölib, ma’lumotlarni töğri boşqariş biznesni rivojlantirişda muhim omil hisoblanadi. Ma’lumotlar har qanday joyda, avtomobil datçigi yoki savdo nuqtalarining IT tizimida ham bölişi mumkin. Ma’lumotlarni boşqariş, ularni “bulutli” saqlaş tizimlarida, lokal qurilmalarda va taşqi jihozlarda jamlaş ularni tezda monetizatsiya qiliş imkonini beradi.
Bir neça yil oldin, xaridorlarning soni va xulq-atvorini tahlil qiliş maqsadida dökondagi videokuzatuv kameralaridagi ma’lumotlar avvalo yozib olingan va ulardan maqsadli foydalaniş uçun qayta işlaş markaziga ötkazilgan. Bugungi kunda Biz sun’iy intellekt orqali ma’lumotlar bilan real vaqtda töğridan töğri qurilmaning özida işlaş imkoniyatiga egamiz.
Biznesning vazifasi uşbu ma’lumotlar qayerda joylaşganidan qat’i nazar, ularni kompaniyaning IT-ekotizimidagi foydalanuvçilar va ilovalarga taqdim etişdan iboratdir. Şundagina ma’lumotlar tezkor qarorlar qabul qiliş va strategik rejalaştiriş uçun qimmatli manbaga aylanadi.
Ma’lumotlarni boşqariş
Ma’lumotlar hajmi oşgani sayin, eski ma’lumotlarni boşqariş tizimlari ularni qayta işlaş ehtiyojini qondira olmaydi. Tadqiqotlarimiz natijalariga köra, kompaniyalar umumiy sonining faqatgina 23 foizi öz strategiyalarini ulangan qurilmalar orqali hosil qilinadigan ma’lumotlarning ortib boruvçi hajmiga moslaştirişga tayyor.
Ma’lumotlar töplamini samarali boşqariş hozirgi zamonda muhim örin egallagan bölib, u taşkilotlarga qarorlar qabul qiliş, normativ talablarga javob beriş, ma’lumotlarni saqlaş xarajatlari va resurslarini samarali boşqariş uçun zarur bölgan bilimlarni olişga yordam beradi. Ma’lumotlar raqobatdoş ustunlik sifatida işlatiş mumkin bölgan qimmatli aktivga aylanişi uçun texnologiya, jarayonlar va taşkiliy mas’uliyatning uyğunlaşuvi talab qilinadi.
Ma’lumotlar bilan işlaşning samarali strategiyasini yaratiş
Strategiya biznesning öziga xos aniq talablariga javob berişi kerak va bu masalada universal yondaşuv mavjud emas.
Masştablaştiriş (iş davomida quvvatlarni oşirib boriş) juda muhim hisoblanib, “haqiqiy sarfga qarab tölaş” modeli asosida zarur bölgan paytda kerakli quvvatni sotib oliş imkoniyati mavjud. Şuningdek, ma’lumotlarni qayta işlaş samaradorligi va yuqori foydalanuvçanlik – ma’lumotlar strategiyasini baholaşda e’tiborga oliş lozim bölgan asosiy elementlardan hisoblanadi. Kompaniya rahbarlari kelgusi beş yil içida qanday maqsadlarga erişmoqçi ekanliklarini tuşunişlari kerak.
Ma’lumotlarni samarali boşqarişni özlaştirgan kompaniyalarda, IT-guruhlari qaror qabul qiliş jarayonida ma’lumotlardan foydalaniş uzluksizligini ta’minlaş maqsadida biznesning qolgan bölinmalari bilan yaqindan hamkorlik qiladi. Bizning tahlillarimizga köra, kompaniyalarning faqatgina 15 foizida IT-guruhlari ma’lumotlarga asoslangan loyihalarni amalga oşiriş jarayonida biznes bilan samarali hamkorlik qiladi. Bunday taşkilotlarda daromadlar, rentabellik va mijozlar ehtiyojini qondirilganlik darajasi oşganligini kuzatiş mumkin. Boşqaça qilib aytganda, ma’lumotlarni samarali boşqariş aniq, ölçanadigan natijalarni beradi.
Ma’lumotlar tahlili va xavfsizligi
Kompaniyaning içki biznes bölinmalari yoki hamkorlar örtasida ma’lumotlar almaşinuvining mavjudligi, ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlaş masalasining yanada dolzarb ahamiyat kasb etişiga olib keladi. Doimiy özgarib turuvçi tahdidlar va tobora murakkablaşib borayotgan biznes muhit şaroitida ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlovçi vositalar kompaniya ma’lumotlarini istalgan vaqtda va istalgan joydan himoya qilişni ta’minlaş uçun doimiy ravişda takomillaştirib borilişi zarur.
Kuzatuvlarimizga köra, köpgina kompaniyalarda hanuzgaça ma’lumotlarni tahlil qiliş böyiça avtomatlaştirilgan yeçimlar mavjud emas. Bu esa ma’lumotlardan foydalaniş samaradorligining tuşişiga yoki ularning umuman işlatilmasligiga olib keladi. Şu sababli, ma’lumotlarni boşqarişda avtomatlaştiriş darajasini oşiriş kelgusi yillarda ularning qiymatini oşiruvçi asosiy omili böladi.
Reklama










