Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Biznesni 15 daqiqada boshlash”: davlat xizmatlari kompleks tarzda taqdim etiladi
2026 yil 1 yanvardan tadbirkorlik sub’yektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda “Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyili joriy etilib, bir qator xizmatlar bir vaqtning o‘zida - kompozit tarzda ko‘rsatiladi.
Qonunchilikka ko‘ra, 2026 yil 1 yanvardan tadbirkorlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonida quyidagi xizmatlar bir vaqtning o‘zida taqdim etiladi:
- elektron raqamli imzo (ERI) kalitini berish;
- bank hisobvaraqlarini ochishga ariza topshirish va ularni faollashtirish;
- ayrim faoliyat turlari bo‘yicha litsenziya/ruxsatnoma olishga ariza yoki xabarnoma yuborish;
- ko‘chmas mulk ijara shartnomasini rasmiylashtirish;
- QQS to‘lovchisi guvohnomasini olish;
- onlayn nazorat-kassa mashinalarini onlayn xarid qilish va ularni soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish;
- yuridik shaxs rahbarini tayinlash va uni “Yagona milliy mehnat tizimi” IDAKda hisobga qo‘yish.
Hujjatda, shuningdek, tadbirkor har bir xizmatdan o‘z tanloviga ko‘ra ixtiyoriy foydalanishi, tanlangan xizmatlar uchun esa yagona QR-kod orqali to‘lov qilish imkoniyati yaratilishi belgilangan.
Mavzuga oid
11:56 / 06.06.2026
Qurilishga ruxsat olishda bir nechta davlat xizmatlari birlashtiriladi
15:51 / 12.05.2026
800 ga yaqin davlat xizmatida byurokratiya nolga tushirilishi aytildi
21:11 / 04.05.2026
O‘zbekistonda 086-shakldagi tibbiy ma’lumotnomani onlayn yuklab olish imkoniyati paydo bo‘ldi
14:43 / 11.04.2026