Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning Britaniyadagi elchisi o‘z missiyasini yakunlamoqda
O‘zbekistonning Londondagi elchisi Said Rustamov diplomatik missiyasini yakunlamoqda. U bu lavozimda 2019 yil oktyabridan beri ishlab kelayotgandi.
O‘zbekistonning Britaniyadagi elchisi Said Rustamov diplomatik missiyasini yakunlamoqda. 12 oktyabr kuni u Britaniya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari lord Tariq Ahmad bilan uchrashdi, deya xabar bermoqda «Dunyo».
Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi rahbari o‘rinbosari elchiga ikki davlat va xalqlar o‘rtasidagi ochiq, konstruktiv va do‘stona munosabatlarni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorlik bildirgan.
Elchi va Britaniya Tashqi ishlar vazirligi vakili O‘zbekiston-Britaniya hamkorligining bugungi kun tartibi va uni kengaytirish istiqbollarini ham muhokama qildi.
Said Rustamov 2019 yil oktyabr oyida Buyuk Britaniyadagi elchi lavozimiga kirishgan edi. Bungacha u Isroildagi elchixonaga, Tashqi ishlar vazirligining qator bo‘limlariga rahbarlik qilgan, AQShdagi elchi o‘rinbosari va tashqi ishlar vaziri yordamchisi bo‘lgan.
Mavzuga oid
07:22 / 09.05.2026
Italiyaning O‘zbekistondagi sobiq elchisi Rimda hibsga olindi
07:24 / 06.05.2026
O‘zbekistonning Jazoirdagi birinchi elchisi tayinlandi
12:13 / 13.12.2025
Sardor Rustamboyev Nepalda elchi sifatida rasman faoliyat boshladi
12:41 / 28.11.2025