Jahon | 21:57 / 16.10.2023
12571
1 daqiqa o‘qiladi

BMT Isroilning G‘azoga bergan avvalgi zarbalarini harbiy jinoyat deb atadi 

2021 yildan 2023 yil avgustigacha G‘azo sektoriga berilgan zarbalar harbiy jinoyat deb tan olindi. 

Foto: AP

Isroil Mudofaa Kuchlari (TsAXAL) tomonidan 2021 yil mayidan 2023 yil avgustigacha bo‘lgan davrda G‘azoga bergan zarbalari harbiy jinoyat hisoblanadi. Bunday xulosalar Isroildagi voqealarni o‘rganish bo‘yicha BMT komissiyasi hisobotida keltirilgan. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi. 

«Isroilning [G‘azo sektoriga] zarbalari oqibatida yetkazilgan zarar va qurbonlar [HAMAS ustidan] harbiy ustunlikka mutanosib emas edi, shuning uchun bu harakatlar harbiy jinoyat hisoblanadi», deyiladi hisobotda. 

Komissiya, shuningdek, oziq-ovqat va dori-darmon ko‘rinishidagi insonparvarlik yordamini olib kirishni taqiqlashni «xalqaro huquqning buzilishi» deb atadi. 

Komissiyaning aniqlik kiritishicha, hujjat ustidagi ishlar 2023 yil oktyabr oyida boshlangan ziddiyatdan oldin yakunlangan va 2021 yil may – 2023 yil avgustgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. 

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid