Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya O‘zbekistonga neft yetkazib berish hajmini qisqartirdi
Qozog‘iston hududi orqali O‘zbekistonga Rossiya neftining tranzit hajmi 2023 yil uchinchi choragida kamaygani aytilmoqda.
Foto: Vedomosti
2023 yil uchinchi choragida Qozog‘istonning «KazTransOyl» kompaniyasi «Omsk – Pavlodar – Chimkent – Shag‘ir» yo‘nalishi bo‘yicha 31,1 ming tonna Rossiya neftini O‘zbekistonga yetkazdi.
Birinchi chorakda kompaniya magistral neft quvurlari tizimi orqali O‘zbekistonga 10,7 ming tonna, ikkinchi chorakda esa 37,9 ming tonna Rossiya neftini yetkazib bergan edi.
Oktyabr oyida Qozog‘iston hududi orqali O‘zbekistonga Rossiya neftining tranzit hajmi 25 ming tonnani tashkil etgan.
Kompaniya Rossiya neftini Qozog‘iston hududi orqali O‘zbekistonga tashish Energetika vazirligi tomonidan tasdiqlangan neft yetkazib berish jadvaliga muvofiq amalga oshirilayotganini tushuntirdi.
«KazTransOyl» 2017 yilda magistral neft quvurlari tizimi orqali O‘zbekistonga Rossiya neftini yetkazishni boshlagan. 2017 yilda tranzit hajmi 67,9 ming tonnani, 2018 yilda 36 ming tonnani tashkil etdi. 2019-2022 yillarda Rossiya neftining tranziti bo‘lmagan.
Mavzuga oid
09:50 / 16.01.2026
AQSh Venesuelaning oltinchi tankerini qo‘lga oldi
08:29 / 15.01.2026
Qozog‘istonda alkogol savdosini cheklash taklif qilindi
10:04 / 14.01.2026
Qozog‘iston nefti eksportiga bog‘liq tankerlar Qora dengizda nishonga olindi
07:20 / 14.01.2026